Turkiyada halok bo‘lgan harbiylar takbir bilan dafn etiladi

Jahon 10:49 / 15.09.2017 10741

Turkiya harbiylari endilikda g‘arb davlatlaridagi kabi Shopen marshi bilan dafn etilmaydi. Endi uning o‘rniga usmoniylar vaqtidagi takbirdan iborat diniy marsh – Segah Tekbir aytiladi. Bu haqda Azon.uz xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, ushbu g‘oya norasmiy ravishda amaliyotda qo‘llab ko‘rilgan. Shunday qilib, turk maxsus xizmati askarlari halok bo‘lgan sherigining jasadini tobutda ko‘tarib, faxriy qorovul ijrosidagi Shopen marshi bilan qabristonga bordilar. Jasadni esa takbir ostida ko‘mdilar.

Ushbu voqea yuz berganidan keyin Turkiyaning din ishlarini boshqarish tashkiloti rahbari Mehmet Germez chiqish qilib, musulmonlarga begona bo‘lgan odatni islomda mavjud bo‘lgan odatga almashtirishni taklif qildi.

Bu borada rasmiy bayonot berar ekan, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulayman Soylu shunday dedi:

"Halok bo‘lgan do‘stlarimiz, ularning oilasi va xalqimiz oldidagi bizning qarzimiz abadiydir. Har qanday marosimning milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga hamda chuqur ildiz otgan tariximizga mos bo‘lishi muhim masala. Bizning halok bo‘lgan do‘stlarimiz uchun xorij marshi to‘g‘ri kelmaydi".

Ko‘proq yangiliklar: