Toshkentda koreyalik yetakchi shifokorlar bepul tibbiy maslahatlar beradi

Jamiyat 18:37 / 15.09.2017 8183

Ma'lumki, hozirda O‘zbekistonda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish va tibbiyot muassasalariga yetakchi xorij tajribasini jalb qilish bo‘yicha davlat tomonidan katta sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu sa'y-harakatlar davomida tibbiyot sohasida ko‘plab anjumanlar, seminarlar, forumlar va xorijlik yetakchi professor-shifokorlar bilan hamkorlikda xayriya tibbiy maslahatlari va muolajalari tashkil qilinib kelinmoqda.

Mana shu qilinayotgan ishlar doirasida, joriy yilning 18-19 sentabr kunlari Koreya Respublikasi Pusan Universiteti, Yangsan Shifoxonasining bir qator yetakchi professor-shifokorlari ishtirokida urologiya, pediatriya va qon-tomir kasalliklari yo‘nalishlari bo‘yicha poytaxtdagi «STAR MED CENTER»  xususiy klinikasida yurtdoshlarimiz uchun bepul tibbiy maslahatlar berilishi tashkil qilinmoqda.

Ushbu bepul tibbiy maslahatlar imkoniyatlaridan foydalanish uchun 17 sentabrga qadar yurtdoshlarimiz (+99897) 776-99-81 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: