Toshkentda Xalqaro Tibbiyot ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 12:36 / 15.09.2017 5799

Toshkentda 20-22 sentabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKMda «O‘ZMeDEKSPO-2017» X Xalqaro Tibbiyot ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, «O‘zfarmsanoat» AK, «Dori-Darmon» AK, O‘zbekiston Respublikasida Xorijiy Farmatsevtika Kompaniyalari va Ishlab chiqaruvchilari Vakolatxonalari Assotsiatsiyasi, Toshkent shahri hokimiyati qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etilmoqda.

«O‘ZMeDEKSPO-2017» ko‘zgazmasida eng yangi tibbiyot texnikalari, dori vositalari, zamonaviy materiallar, tibbiyot sohasidagi innovatsion tovarlar va xizmatlar namoyish etiladi. 

Tibbiyot texnikasi, dori vositalari, stomatologiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va tarqatuvchilar, shuningdek, klinikalar respublikaning turli mintaqalaridan tashrif buyurganlarga o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadilar.

Ko‘proq yangiliklar: