Dunyodagi eng tezkor smartfon: yetakchi hamon o‘zgarmadi

Fan-texnika 22:54 / 15.09.2017 48861

Mobil qurilmalar tezligini o‘lchashga mo‘ljallangan AnTuTu dasturi yaratuvchilari dunyodagi eng kuchli smartfonlar yangi reytingini taqdim qilishdi. Bu reyting avgustdagi sinovlar natijalariga ko‘ra tuzilgan.

Reytingga hamon Xitoyning OnePlus 5 smartfoni boshchilik qilmoqda, undan keyin esa yangi HTC U11 smartfoni, iyunda chiqqan ZTE Nubia Z17 hamda Samsung’ning S8+ va Galaxy S8 smartfonlari kelmoqda. 

Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, oktabrda chop etiladigan keyingi reytingning yetakchisi yangi iPhone’lardan biri bo‘lishi mumkin.

Apple’ning yangi qurilmasi ekani taxmin qilinayotgan qurilmalardan bittasi iPhone taqdimoti oldidan AnTuTu reytingida 201 ming ballik unumdorlik bilan qayd qilingandi. Bu esa joriy reytingdan o‘rin olgan istalgan qurilma ko‘rsatgan unumdorlikdan balandroqdir.

 

Ko‘proq yangiliklar: