Tesla haydovchisiz elektr yuk mashinasini qachon taqdim etishi ma'lum

Fan-texnika 10:35 / 14.09.2017 5926

Tesla asoschisi Ilon Mask haydovchisiz yuk mashinasi taqdimoti va sinov tarzda qachon yo‘lga chiqarilishini ma'lum qildi. U bu haqda tvitterda yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi Kaliforniya shtatining Xotornida 26 oktabr kuni namoyish etiladi.

«Bu yirtqichni shaxsan ko‘rish kerak. Bu aql bovar qilmas», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Mask.

Avvalroq Ilon Mask Putinning so‘zlaridan so‘ng Uchinchi jahon urushi boshlanishini bashorat qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: