OAV: AQSh moliya vaziri asal oyiga HHK samolyotida jo‘nab ketmoqchi bo‘lgan

Jahon 08:59 / 14.09.2017 10190

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin yozda Yevropaga parvoz qilish uchun hukumat samolyotidan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborgan. U Yevropada rafiqasi Luiz Linton bilan asal oyi o‘tkazishni rejalashtirgandi. Bu haqda ABC News manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Mnuchin Shotlandiya, Fransiya va Italiyaga parvoz qilish uchun AQSh harbiy-havo kuchlari samolyotidan foydalanmoqchi bo‘lgan. Vaziyatdan xabardor manbaning aytishicha, bunday murojaat «juda noodatiydir», sababi bu turdagi havo laynerining bir soatlik parvozi 25 ming dollarga baholanadi.

Mahkama bosh inspektori boshqarmasi Mnuchinning iltimosini rad etgani xabar qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: