Qoraqalpog‘istonda MIB xodimlariga 17 ta avtomobil topshirildi

O‘zbekiston 16:51 / 14.09.2017 24442

Nukus shahridagi "Yoshlar markazi" binosi oldida Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, uning shahar, tuman bo‘limlariga 17 ta zamonaviy yangi rusumdagi "Captiva" va "Neksiya" maxsus xizmat avtomobillarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Kruz.uz Qoraqalpog‘iston xabar agentligiga asosan.

2017 yilning avgust oyida byuro xodimlari elektr energiyasi uchun 24,1 milliard so‘mlik (reja 101 foizga),  tabiiy gaz uchun 54,1 milliard so‘mlik (reja 138 foiz) va boshqa organlarning hujjatlarini ijrosi sohasida 565,8 milliard so‘mlik ijro hujjatlari amalda undirilishga erishdi. 
 
Tantanali marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi M.Yerniyazov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev so‘zga chiqishdi. 

Foto: Kruz.uz
Ko‘proq yangiliklar: