Continental yo‘l sharoitlariga moslasha oladigan shinalarni namoyish qildi

Fan-texnika 19:30 / 14.09.2017 7108

Avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi Continental nemis kompaniyasi yo‘l sharoitlariga moslasha oladigan “aqlli” shinalarni taqdim qildi. Bu hozircha kontseptdir, biroq ular kelgusida avtonom elektr avtomobillarda paydo bo‘lishi mumkin.

Shinalarda ikkita yangi texnologiya qo‘llandi. Ulardan biri ContiSense deb ataladi. Bu sensorlarga ega, maxsus tok o‘tkazuvchi rezina qorishma bo‘lib, ular doimiy ravishda protektorning chuqurligi va shina haroratini tahlil qiladi. Agar olingan ma'lumotlar me'yordagidan og‘ishsa, tizim bu haqda haydovchini ogohlantiradi.

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

Shuningdek, tizim shinaning shikastlanganini aniqlab, undagi bosim minimumgacha tushib ketguncha bu haqda xabardor qiladi. Kompaniya kelgusida ContiSense funksionalligini kengaytirmoqchi – u yo‘l haroratini va unda, misol uchun, qor borligini aniqlashga o‘rgatiladi. 

Shinalarda qo‘llangan ikkinchi texnologiya ContiAdapt deb ataladi. Bu shinaga o‘rnatilgan mikrokompressor bo‘lib, u sharoitlardan kelib chiqib bosim va shinaning yo‘l bilan tutashadigan qismini o‘zgartiradi. Tizim 4 rejimda ishlaydi: sirpanchiq yo‘l, ho‘l yo‘l, g‘adir-budir yo‘l va standart. Misol uchun, quruq yo‘lda harakatlanilganda ContiAdapt shinaning yo‘l bilan tutashadigan qismini kamaytiradi va shu bilan tejamkorlikni yaxshilaydi. Ho‘l yo‘l yoki qorda yurilganda tizim shinaning yo‘l bilan tutashadigan qismini oshiradi va shinadagi bosimni kamaytiradi.

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

Ikkala texnologiya protektori uchta hududga ajratilgan yangi shinani yaratishda qo‘llangan. Bosim va pokrishka eniga bog‘liq holda protektor hududlari faollashadi va shina yo‘l sharoitlari yoki haydovchi istaklariga moslashadi.

2016 yilda Jyeneva avtosalonida Goodear kompaniyasi sferik shakldagi shinalarni namoyish qilgandi. Ushbu shinalar Eagle-360 deb nom olgandi. Shina yaratuvchilari g‘oyasiga ko‘ra, shinalar haydovchisiz mashinalarga o‘rnatilishi mumkin, mashinalarga esa magnit levitatsiyasi yordamida mahkamlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: