«Yuventus» YeChLdagi ishtirokini birinchi marta mag‘lubiyat bilan boshladi

Sport 08:20 / 13.09.2017 8038

Turinning «Yuventus» klubi YeChL guruh bosqichining birinchi turi doirasidagi uchrashuvda «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi. Kataloniyadagi «Kamp Nou» stadionida kechgan bellashuv ko‘k-anorranglilarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Kataloniyaliklar tarkibida Lionel Messi dubl qayd etgan bo‘lsa (45- va 69-daqiqalar), Ivan Rakitich yana bir gol muallifiga aylandi (56-daqiqa).

Shu tariqa Turin klubi o‘z tarixida birinchi marta YeChLdagi ishtirokini mag‘lubiyat bilan boshladi. «Eski sinora» musobaqada 18 marotaba qatnashgan va ilk uchrashuvida hech qachon taslim bo‘lmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: