Samarqand viloyati IIB: ko‘payib borayotgan qotillik jinoyatlari asosi nimada?

Jamiyat 18:35 / 13.09.2017 15704

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni sifatida belgilangan va uning samarali hamda maqsadga muvofiq bo‘lishi viloyat rahbariyatning qat'iy nazoratiga olingan, deyiladi viloyat IIB matbuot xizmati tomonilan KUN.UZ’ga taqdim etilgan ma'lumotda.

Qayd etish kerakki, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Fayzullo Quvondiqov ham o‘ziga biriktirilgan shahar va tumanlarda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni»ni mazmunli va unumdor bo‘lishiga alohida e'tibor bilan yondashib kelmoqda.

Jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda o‘z maqsadli ishlarining muhim va ta'sir doirasini yoshlar o‘rtasida huquq-tartibotni yanada qiziq hamda ta'sirchan bo‘lishiga yo‘naltirib, avvalambor o‘smir yoshlar o‘rtasida mazmunli suhbat, ular bilan yaqindan aloqada bo‘lish, ularni qiziqtirayotgan va qiyinchilik tug‘dirayotgan masalalarni o‘rganib, kelajagimiz poydevor bo‘lgan yoshlarimiz bilan ochiq va xolisona suhbatda bo‘lishga e'tibor qaratdi. 

Yoshlarimiz ana shunday beg‘ubor, ochiqko‘ngillik bilan va sidqidildan o‘tkaziladigan suhbatlarga juda muhtoj ekanligi bilinmoqda. Oddiy suhbat bilan butun bir qishloq yoki ma'lum bir oilani qiynayotgan muammo va kamchilikni bilib olish, unga yechim topish mumkinligi oydinlashmoqda.

F.Quvondiqov Past Darg‘om tumanining chekka mahallaridan birida joylashgan «Pedagogika va sport kolleji»da bo‘lib, ta'lim olayotgan 2-kurs talabalari bilan suhbat uyushtirdi. 

Uchrashuv noan'anaviy tarzda tashkil etilib, katta zalda emas, o‘quv sinflarida kichik-kichik davralarda o‘tdi. Suhbatdoshingni nazorat qilsanggina uni fikrini bilib olish mumkin. Talabalar bilan uchrashgan rahbar jinoyatchilik va yoshlar tarbiyasi borasida so‘z yuritar ekan, ular bilan ota, eng yaqin do‘stdek, dildan suhbatlashdi. 

207-guruh talabalariga o‘zbek milliy tarixi, adabiyot sir-asrorlari, ijodkor adib va shoirlar ijodidan she'rlar o‘qilib, yoshlarning adabiyot sohasidagi bilimlari, she'riyatga qiziqishi yana bir bor amalda sinab ko‘rilib, faol yoshlar bilan kitob va kitobxonlik borasida bahs-munozara yuritilib, milliy adabiyotimiz namunalaridan kitoblar va adabiy materiallar taqdim etdilar. 

Yana bir uchrashuv Past Darg‘om tumani «Qatorterak» mahallasining yuzdan ortiq aholisi vakillari bilan uyushtirildi. Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i o‘tgan 8 oyda viloyatda kuzatilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga oid tahlil, kamchilik va yutuqlarga to‘xtalib, ochiq, xolisona so‘z yuritdi. U o‘z ma'ruzasida umumiy jinoyatlar soni kamaygan bo‘lsa-da, ammo o‘g‘irlik, firibgarlik va qotillik jinoyatlari oshganini tanqid ostiga olib, «buning zamirida biz va siz — mahalla faollarining e'tiborsizligimiz, ba'zida ishyoqmasligimiz yotibdi», dedi F.Quvondiqov. Aksariyat hollarda o‘g‘rilik jinoyati asosida fuqarolarimizning o‘z mol-mulkini ehtiyot qilmasligi yotgan bo‘lsa, firibgarlik jinoyatlarning asosiy sababi soddalik —ishonuvchanlik ekanligi qayd etib o‘tildi. 

Ammo, viloyatda o‘tgan yilga nisbatan o‘sganligi qayd etilgan qotillik jinoyatlarning aksariyati oila-turmush doirasiga oid voqelik asosida yuz bermoqda. Chunki qaynota kuyovini yoki kuyov kelinni pichoq urib o‘ldirishi, g‘azab ustida jaholat eshigini ochib, uning qurboniga aylanib qolayotganini sezib-sezmay qolishmoqda. Shunday ekan, faollar, keksalar, mahalla ahli oilalarda totuvlikka e'tibor qaratishimiz kerak, deyildi. Suhbat uchrashuv davomida o‘g‘rilik va u bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish, tahliliy holatlarga asoslangan ko‘rgazmaviy eslatma, buklet va boshqa targ‘ibot materiallar uchrashuvda qatnashmagan fuqarolarga ham yetkazilishi uchun tarqatildi. Shu bilan birga, mahalla ahlini qiynayotgan ayrim muammolar tinglandi. 

80 yoshli mahalla faoli A.Abdumo‘minov mahalla atrofida joylashgan bozordagi betartiblik, qoidabuzarlik, har kim o‘zi xohlagan joyda savdo qilish holatlari, soliq idorasi to‘lovi, sanitariya me'yorlariga amal qilinmayotganini bildirdi. 1993 yil tug‘ilgan I.Mahamadiyev esa sport ta'limi bo‘yicha o‘rta maxsus ta'limga egaligini, biroq hozir ishsizligini bildirdi. Uni mahallaga posbon etib tayinlash buyicha taklif berilib, u tuman ichki ishlar bo‘limiga shu yerning o‘zida taklif etildi.

Qishloq va mahalla hududidagi yo‘llar, ko‘cha holati tanqid ostiga olinib, viloyat va tuman hokimligi bilan bildirilgan muammolarning yechimiga erishish bo‘yicha qaror qabul qilindi. 

Past Darg‘om tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilhom Qodirov ham o‘ziga biriktirilgan shu mahalladagi xonadonlarni mahalla raisi Oltinoy Qudratova bilan atroflicha o‘rganishni boshladi.

O‘z muxbirimiz.

Ko‘proq yangiliklar: