Saakashvili Ukraina hukumatiga yangi odamlarni olib kelishga va'da berdi

Jahon 01:12 / 13.09.2017 10776

Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning qaroriga ko‘ra Ukraina fuqaroligidan mahrum bo‘lgandi. U Ukrainaning Newsone televizion kanalida bergan intervyusida Kiyev hukumatini butunlay almashtirishga erishishini aytgan. 

“Men judayam Kiyev, uyimga borgim kelmoqda, lekin biz hozir Ukraina viloyatlari bo‘ylab katta tur o‘tkazmoqchimiz. 2-3 oy biz Ukraina bo‘ylab yurib, odamlar bilan uchrashib, ulardan hukumatga qarshi shikoyatlarni yig‘ib chiqamiz. So‘ngra Kiyevga borib, u yerda hukumatga qarshi berilgan arizalarni ko‘rib chiqish uchun katta forum kunini belgilaymiz”, deb aytdi Saakashvili.

Uning ta'kidlashicha, hukumatga yangi odamlar kelishi uchun haqqoniy saylovlarni o‘tkazish kerak, “o‘yin qoidalariga” va saylov qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish lozim.

“Biz Kiyevga judayam ko‘p odam olib kelamiz. Bizning harakatimiz qanchalik kuchli ekanligini ko‘rsatib qo‘yamiz. Saylov qonunchiligini o‘zgartirib, haqqoniy saylovlarni o‘tkazamiz”, dedi Saakashvili.

Saakashvili Ukrainaga qaytib kelib o‘zini o‘z uyidagidek his qilayotganini aytgan.

“Men o‘zimni o‘z uyimda deb his qilyapman. Bir necha soat Lvovda o‘tirdim, Ratusha maydonida bo‘ldim va atrofda yaqin odamlar ekanini tushundim. Insonning o‘z uyiga kuch bilan qaytib kelishini nima deb atash mumkin?”, deb aytdi Saakashvili.

U inqilob va silsilalarga qarshi chiqishini ta'kidlab o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: