Nemis markasi 5 metrlik elektrokar yaratdi

Fan-texnika 10:57 / 13.09.2017 8056

Xitoylik sarmoyachilar jalb qilinishi evaziga qayta tiklangan Borgward nemis markasi Frankfurtdagi motorshouda Isabella prototipini namoyish qildi. Kontsept-karning uzunligi roppa-rosa 5 metrni, eni 1,92 metrni, balandligi 1,.4 metrni tashkil qiladi. 

4 o‘rindiqli prototip ham oldidan, ham orqasidan suriluvchi eshiklar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mashina kuzovining markaziy tayanchi yo‘q.

Foto: motor.ru

Kontsept-kar umumiy quvvati 300 ot kuchini tashkil qiluvchi bir juft elektr dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyada erishadi. Modelning maksimal tezligi esa soatiga 250 km ni tashkil qiladi. 

Mashina elektr dvigatellari nemis kompaniyasi va LG Electronics kompaniyasi birgalikda yaratgan batareyadan quvvatlanadi. Ma'lum qilinishicha, akkumulyatorni maxsus quvvatlash qurilmasi yordamida yarim soat ichida 80 foizga to‘lg‘azish mumkin. Bundan tashqari, mashina simsiz quvvatlanish tizimini olgan.

Foto: motor.ru

Borgward’da aytilishicha, kompaniya oldida mashinaga bir quvvatlanishda 500 km yo‘l bosishga imkon beruvchi platformani yaratish vazifasi turibdi.

“Izabella” salonida 4 alohida o‘rindiq joylashtirilgan. Mashina butun peshoyna o‘lchamidagi raqamli panel bilan ta'minlangan. Bu panel ekranida avtomobilning turli tizimlari ishiga javob beruvchi gologrammalar aks etadi.

Foto: motor.ru

Kompaniya mashinani seriyali tarzda ishlab chiqarishi rejasi borligi haqida hech narsa ma'lum qilmagan.

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

 

Ko‘proq yangiliklar: