iPhone X va Apple’ning boshqa yangiliklari taqdimotidan barcha videolar

Fan-texnika 12:00 / 13.09.2017 15851

Apple'ning sentabr oyidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya bizni yana bir marta hayratga solishning uddasidan chiqdi.

Layfxaker tadbirda taqdim etilgan barcha yangi mahsulotlarning promoroliklarini bir joyga jamladi.

Uzoq kutilgan Apple taqdimoti: Qanday yangi qurilmalar namoyish etildi? Fotojamlanma

iPhone X

Yangi flagmanga birdaniga uchta rolik bag‘ishlandi.

Birinchisi barcha oldingi panelni egallagan smartfonning ajoyib ekranini ko‘rsatadi.

Ikkinchisida esa ko‘rinmas Joni Ayvning ovozi yangilik dizayni haqida batafsil ma'lumotni beradi.

So‘nggi rolikda bizga iPhone X'ning barcha yangi xususiyatlari ko‘rsatilgan, u qator funksiyalari bilan kichik versiyalar va avvalgi avlodlardan ajralib turadi.

iPhone 8 va 8 Plus

iPhone 8 va 8 Plus uchun atigi ikkita rolik tayyorlandi.

Bittasi dizayn va yangi smartfonlar imkoniyati haqida hikoya qiladi.

Boshqasi esa xuddi shu narsani, faqatgina sakkiz soniya ichida ko‘rsatib bergan.

Apple Watch Series 3

Yangi avloddagi Apple Watch’ning o‘ziga xos jihatlari ham ikki videoda ko‘rsatib berildi.

Birinchisida bizga yanada “kuchaygan” soatlarning o‘zi ko‘rsatiladi.

Ikkinchisida Apple Apple Watch’ning ko‘plab foydalanuvchilari monologlarini yig‘ib chiqqan, ular soatlar hayotlarida qanday yordam berayotganini so‘zlab berishdi.

Ko‘proq yangiliklar: