Chovusho‘g‘lu: Nemis quroli yetkazib berilishining muzlatilishi Turkiyani yanada kuchliroq qiladi

Jahon 00:12 / 13.09.2017 7451

Germaniyaning Anqaraga qurol yetkazishni muzlatish qarori Turkiya o‘z quroli ishlab chiqarilishini kengaytirishi bilan uning kuchliroq bo‘lishiga olib keladi. Bunday fikrni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu bildirdi.

Bundan avval Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Germaniya hukumati Turkiya bilan munosabatlar keskinlashgani sababli amaldagi shartnomalar bo‘yicha Turkiyaga qurol-aslaha yetkazib berishni muzlatishga qaror qilganini ma'lum qilgandi. Shu bilan birga Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaga qurol yetkazib berishning to‘liq taqiqlanishiga qarshi chiqqan.

“Bunday yondashuv bizning kuchliroq bo‘lishimizga olib keladi. Biz barcha sohalarda o‘z ishlab chiqarishimizni kengaytirmoqdamiz. O‘z samolyotlarimiz, vertolyotlarimizni ishlab chiqarmoqdamiz. Turkiya hech qachon ilojsiz vaziyatga tushmaydi”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu Anqaradagi matbuot anjumanda. 

Chovusho‘g‘luning aytishicha, Gabrielning aytgan so‘zlari Germaniya tashqi ishlar vaziriga xos emas. 
Oxirgi vaqtda Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar ayniqsa keskinlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: