Braziliyada prezident Temerga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jahon 07:52 / 13.09.2017 3984

Braziliya oliy sudi mamlakat prezidenti Mishel Temerga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda AP.

Sudning o‘rnatishicha, prezident pora evaziga kompaniyalardan biri foydasiga farmonni imzolaganining isboti mavjudligi tergov boshlashga ijozat beradi. Agar Temerga qarshi ayblovlar isbotlansa, unga impichment xavf soladi.

Ma'lum qilinishicha, tergovni prokuror Rodrigu Jano boshlab va uni 17 sentabrgacha –vakolatlari muddati tugaguncha olib boradi. Bundan keyin uning o‘rnini Temer tomondan tayinlangan prokuror Rakel Doj egallaydi.

Avvalroq Temer unga korrupsiyada qo‘yilayotgan ayblovlarni “bo‘sh” deb atagandi.

Ko‘proq yangiliklar: