Turkiyada 40 kishi, jumladan 23 bola kimyoviy moddadan zaharlandi

Jamiyat 08:35 / 12.09.2017 3328

Turkiyaning Siirt viloyatida noma'lum kimyoviy moddadan 40 kishi, jumladan 23 bola zaharlandi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar bermoqda

Taxmin  qilinishicha, voqeaga kimyoviy modda saqlangan idishdan xlor va uglerod oksidi sizib chiqqani sabab bo‘lgan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, kimyoviy modda solingan idishni xaroba joyda bolalar topib olib, uni qishloqqa olib kelib ochgan bo‘lishlari mumkin.

“Oqtosh qishlog‘i aholisining idishdan kimyoviy moddaning chiqishi oqibatida ko‘ngil aynash va qayt qilish bo‘yicha shikoyatlaridan keyin shifokorlar va favqulodda vaziyatlar agentligi qutqaruvchilari kelishgan”, deb aytilgan xabarda. Mahalliy hukumat kimyoviy moddaning sizib chiqishi sabablari o‘rganilgungacha qolgan aholini evakuatsiya qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: