Saakashvili: mening pasportim Poroshenkoning xonasida

Jahon 17:55 / 12.09.2017 16038

Gruziya sobiq prezidenti va Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining fikricha, o‘zining o‘g‘irlangan pasporti Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning xonasidadir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Shuni aniq bilamanki, mening pasportim hozir Ukraina prezidentining xonasida», - dedi u.

O‘z navbatida siyosatchining advokati Markiyan Galabalaning ma'lum qilishicha, Saakashvili Ukraina migratsiya xizmatiga mamlakatda doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxs guvohnomasini olish haqida ariza bilan murojaat qilmoqchi.

Avvalroq Saakashvili nima uchun Ukrainaga qaytib kelganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: