Kim Chen In shimoliy koreyalik futbolchilar Angliyada o‘ynashini istaydi

Sport 14:32 / 12.09.2017 13868

Italiyalik siyosatchi Antonio Ratstsi Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In qaysi klubga muxlislik qilishini ma'lum qildi.

The Sun nashri italiyalik senatorga asoslanib xabar tarqatishicha, KXDR rahbari «Manchester Yunayted» klubi fanati hisoblanadi. Ratstsining so‘zlariga ko‘ra, shimoliy koreyaliklar rahbarining o‘zi bu haqda unga aytgan.

Shu bilan birga Kim Chen In bir kun kelib shimoliy koreyalik futbolchilar Angliya chempionatida to‘p surishini ko‘rishni istaydi. U Shveytsariyada o‘qiganida futbolga muxlislik qilishni boshlagandi. Shundan buyon u katta futbol turnirlarini kuzatib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: