Erdo‘g‘an: Turkiya va Rossiyada Suriya bo‘yicha ziddiyat yo‘q

Jahon 13:19 / 12.09.2017 4630

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ishonch bildirishicha, Anqara va Moskvada Suriyadagi vaziyat bo‘yicha ziddiyat mavjud emas. U bu haqda Hürriyet gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Idlibda biz Rossiya bilan kelishib olgan jarayonlar davom etmoqda. Bizda bu borada ziddiyat yo‘q. Eron bilan uchrashuv vaqtida ham bo‘lmagan», - degan Turkiya rahbari.

Uning fikricha, Ostonada 14-15 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Suriyadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha uchrashuvda konstruktiv muloqotni davom ettirishga umid hamon saqlanib turibdi. 

Turkiya Rossiya va Eron bilan Suriyada xavfsizlik zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandumning kafolatchi davlati hisoblanadi. U Ostonada 4 may kuni imzolangan. Natijada mamlakatda bir necha xavfsizlik zonalari tashkil etildi – Idlib viloyatida, Lataqiya, Halab va Xama hududlarida; Xoms viloyati shimolida; Sharqiy Guteda; Suriya janubi – Dera va Kunaytra viloyatlarida. Bu mintaqalarda qurol qo‘llash taqiqlangan.

Avvalroq qurollangan Suriya muxolifati Ostonadagi muzokaralarda qatnashishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: