YeI Qrim va Sevastopoldagi saylovlarni tan olmaydi

Jahon 10:11 / 12.09.2017 8290

YeI 10 sentabr kuni Qrim va Sevastopolda bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlar natijasini tan olmaydi. Bu haqda YeI xavfsizlik siyosati va tashqi ishlar oliy komissari Federiko Mogerini rahbarligidagi tashqi siyosat xizmati bayonot berdi. 

"YeI Qrim va Sevastopolning noqonuniy ravishda Rossiyaga qo‘shib olinishini tan olmagan edi. Shu boisdan Qrim yarim orolidagi saylovlarni ham tan olmaydi. Qrim yoki Sevastopol "vakili" nomiga da'vogarlik qiluvchi vakil sifatida tan olinmaydi, chunki bu hududlar Ukrainaga tegishli", - deyiladi hujjatda. Ta'kidlanishicha, Bryussel "Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda qat'iyatlidir".

10 sentabr kuni Qrim va Sevastopolda ularning tarixida ilk bora mahalliy parlament va gubernatorlik saylovi bo‘lib o‘tdi. 

Ko‘proq yangiliklar: