ABBA virtual turne o‘tkazadi

Jamiyat 17:27 / 12.09.2017 7061

Shvetsiyaning ABBA musiqiy guruhi virtual turne o‘tkazadi, deb xabar bermoqda The Local. Bu ma'lumotni guruh ishtirokchilaridan biri Benni Andersson tasdiqladi.

Avvalroq Andersson va uning AVVA bo‘yicha hamkasblari Agneta Feltskog, Born Ulveus hamda Anni-Frid Lingstad prodyuser Saymon Fuller va Universal Music Group bilan birlashishgani hamda ularning qo‘shma loyihasi yangi avlodga ABBA’ni yangicha nigohda ko‘rish, tinglash va his etish imkonini berishi ma'lum qilingandi.

Endi esa Andersson virtual birlashish bo‘yicha rejalar kuchda ekanini aytib o‘tdi.

Hozirgi paytda g‘oya shundan iboratki, kvartetning raqamli avatarlari AVVA qo‘shiqlarini jonli musiqa hamrohligida ijro etadi.

Tur 2019 yilda boshlanishi mumkin. «Buning uchun ma'lum vaqt talab etiladi, yuzni raqamlashtirish uchun vaqt kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Andersson.

Ko‘proq yangiliklar: