Samarqandda ko‘zi ojizlar jamiyatida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 20:10 / 11.09.2017 5182

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi va Qurbon hayiti munosabatlari bilan Samarqand shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Samarqand shahar bo‘linmasi a'zolari uchun «Sevinch» restoranida tashkillashtirilgan xayriya bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Shahar hokimligi axborot xizmatining KUN.UZ’ga bergan ma'lumotlariga ma'lumotlariga ko‘ra, 8 sentabr kuni jamiyatning shahar bo‘limi a'zolari uchun yozilgan xayriya dasturxoniga bo‘linma a'zolari, ularning hamrohlari jami 150 nafar kishi taklif etilgan. 

Anjumanni jamiyat a'zolaridan biri Nazira Soliyeva olib bordi. Davrani yig‘ilganlarni muborakbod etgan holda Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov ochib berdi. O‘zbekiston xalq shoirasi Xosiyat Bobomurodova ushbu kechaning aziz mehmonlaridan biri bo‘lib o‘z ijodlaridan namunalar o‘qib, yig‘ilganlarga quvonch baxsh etdi. 

Foto: KUN.UZ

Jamiyatning Samarqand shahar bo‘limi raisi Q.Donaboyev yig‘ilganlarni tabriklab, shahar hokimligiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Bundan tashqari, nogiron xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi E.Mahmudova, nogironlar uyushmasi raisi D.Pardayev hamda jamiyat a'zolaridan A.Abdumannonov, T.Oxunova ham o‘z tabrik va tilaklarini bildirib o‘tishdi. Samarqand shahar madaniyat xodimlari tomonidan jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Turli kuy-qo‘shiqlar yangradi, o‘yin-kulgilar bilan tadbir yuqori darajada o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: