Kongo DRda yirik YTH, qurbonlar ko‘p

Jahon 10:42 / 11.09.2017 9175

Kongo Demokratik Respublikasining g‘arbiy qismida joylashgan Kvilu viloyatida yirik YTH yuz berdi, natijada 25 kishi halok bo‘ldi, yana 44 inson jarohat oldi. Bu haqda Radio Okapi xabar bermoqda.

Hodisa shanba, 9 sentabr kuni yuz bergan. Kikvitadan Kinshasaga yo‘l olayotgan avtobus ko‘prik ustida yo‘ldan chiqib ketgani aytilmoqda.

Ta'kidlanishicha, hodisa oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi, 44 inson jiddiy darajada jarohatlandi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga avtobusdagi tormoz olish tizimining nosozligi va tezlik rejimining oshirilgani sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: