Internetda Putinning pasporti sahifasi surati paydo bo‘ldi

Jahon 00:40 / 11.09.2017 47743

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning pasportidagi asosiy sahifa surati uning saytida chop etildi. Bu surat Putin Moskvada mahalliy saylovlarda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga tashrif buyurgan vaqtda olingan. 

Foto: kreml.ru

Suratdan Putinning pasportini saylov komissiyasi xodimlaridan biri qo‘lida ushlab turganini ko‘rish mumkin. Suratda pasportdagi ma'lumotlarni o‘qib bo‘lmaydi, biroq unda barcha zarur maydonlar to‘lg‘azilgani, surat joylashtiriladigan qismida esa Putinning oq-qora surati turganini ko‘rish mumkin. 

Ta'kidlanishicha, Putin Rossiya Fanlar akademiyasi binosidagi 2151-saylov uchastkasida ovoz bergan.

Ko‘proq yangiliklar: