Avstriyada mikroavtobus ishtirokidagi avtohalokat 5 kishining umriga zomin bo‘ldi

Jahon 00:06 / 11.09.2017 3606

10 sentabrda Avstriyada mikroavtobus ko‘prik ustuniga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohat oldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtohalokat qurbonlari orasida bolalar ham bor. Omon qolganlar og‘ir jarohatlar bilan voqea joyidan vertolyotlarda olib ketilganlar. 

Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasi Vena atrofidagi Xayligenkroyts kommunasi yaqinidagi avtobanda yuz bergan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra xorijiy raqamlarga ega bo‘lgan mikroavtobus yo‘l chetidagi to‘siqqa urilib, so‘ngra ko‘prik ustuniga borib urilgan.

Ko‘proq yangiliklar: