Kataloniya derbisi Messi benefisiga aylandi. Dembele debyutni muvaffaqiyatli boshladi

Sport 08:03 / 10.09.2017 16519

Ispaniya La-ligasining 3-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri Kataloniyadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi va unda «Barselona» hamshaharlari «Espanol»ni qabul qildi.

Uchrashuv tom ma'noda Messining benefisiga aylandi. Birinchi bo‘limda ikki, ikkinchi bo‘limda bitta to‘p kiritgan futbolchi jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Ahamiyatli tomoni, «Barselona» tarixidagi eng qimmat xarid Usmon Dembele bu uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib Ispaniya chempionatidagi debyutini o‘tkazdi. Qisqa vaqtda bo‘lsada u golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi. Luis Suares aynan fransuz futbolchisining uzatmasini golga aylantirib o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» hisobidagi ochkolar soni 9taga yetdi va jamoa 100 foizlik natija bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Turning yana bir uchrashuvida «Valensiya» va «Atletiko» g‘olib nomini aniqlay olishmagan bo‘lsa, «Sevilya» o‘z uyida «Eybar»ni ayab o‘tirmadi.

Ispaniya La-ligasi, 3-tur

Barselona – Espanol 5:0 (2:0)
Gollar:
 Messi (26, 35, 67), Pike (87), Suares (90+1).
Barselona: ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich, Buskets (Paulino, 73), Inesta (Andre Gomesh, 77), Deulofeu (Dembele, 68), Messi, Suares.
Espanol: Lopes, Lopes Silva, Ermoso, Karikol, Diop, Sanches (Mark Navarro, 68), Darder (Vila, 75), Xavi Fuego, Pyatti (Garsiya, 57), Baptistao, Moreno.
Ogohlantirishlar: Buskets (21), Lopes Silva (29), Sanches (60), Darder (71), Karikol (74), Diop (84).

Valensiya – Atletiko 0:0
Valensiya: 
Neto, Gabriel, Gayya, Montoyya, Garay (Murilo, 74), Soler, Parexo, Kondogbia, Pereyra (Gonsalu Gedesh, 61), Dzadza, Rodrigo (Santi Mina, 70).
Atletiko: Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Saul, Parti, Ferreyra Karrasko (Gaytan, 60), Koke, Korrea (Gameyro, 72), Vetto (Torres, 65).
Ogohlantirish: Montoyya (35).

Sevilya – Eybar 3:0 (0:0)
Gollar: 
Ganso (46), Ben-Yyedder (76), Nolito (90).
Sevilya: Riko, Karrisu, Eskudero, Merkado (Korshya, 72), Langle, Sarabiya, Nzonzi, Ganso (Gays, 87), Navas (Korrea, 79), Nolito, Ben-Yyedder.
Eybar: Dmitrovich, Ramis, Xose Anxel (Bebe, 79), Kapa, Paulu Oliveyra, Inui (Rivera, 61), Dani Garsiya, Eskalante, Ivan Alexo (Penya, 40), Kike, Enrik.
Ogohlantirishlar: Eskudero (3), Xose Anxel (30).

Ko‘proq yangiliklar: