Bundesliga. «Bavariya» muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Sport 00:38 / 10.09.2017 9355

Germaniya bundesligasining uchinchi turiga kelib, asosiy favorit sanalgan «Bavariya» «Hoffenhaym» mehmoni bo‘lib, mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 27 va 51-daqiqalarda Marko Ut tomonidan kiritilgan gollar Yulian Nagelsmann shogirdlariga muhim bo‘lgan uch ochkoni taqdim etdi. «Bavariya» bu gollarga umuman javob bera olmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Hoffenhaym» hisobidagi ochkolar soni 7taga yetdi va ular turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. «Bavariya» esa 7 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi.

Germaniya bundesligasi, 3-tur

Hoffenhaym-1899 – Bavariya 2:0 (1:0)

Gollar: Ut (27, 51).
Hoffenhaym-1899: Baumann, Hyubner, Bichakchich, Kaderjabek, Amiri, Tsuber (Shults, 69), Demirbay, Nordtveyt, Gayger (Polyanski, 63), Kramarich, Ut (Oks, 75).
Bavariya: Noyyer, Xummels, Martines, Rafinya (Riberi, 78), Tolisso, Kimmix, Alkantara, Rudi (Robben, 57), Koman, Myuller (Xames, 78), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Hyubner (30), Tsuber (63), Kaderjabek (65).

Ko‘proq yangiliklar: