A seriya. «Yuventus» yakka peshqadamga aylanib oldi

Sport 10:32 / 10.09.2017 4703

Italiya A seriyasining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Yuventus» «Kevo»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmonlar vakili Xetemay avtogoli bilan mezbonlarga ko‘maklashib yuborgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Gonsalo Iguain va Paulo Dibala tomonidan kiritilgan gollar turinliklarning yirik hisobda g‘alaba qozonishiga zamin yaratdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Yuventus» hisobidagi ochkolar soni 9taga yetdi va jamoa turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi.

Italiya A seriyasi, 3-tur

Yuventus – Kevo 3:0 (1:0)
Gollar: 
Xetemay (17, avtogol), Iguain (58), Dibala (83).
Yuventus: Shchensni, Lixtshtayner, Benatiya, Rugani, Asamoa, Sturaro (Bernardeski, 76), Pyanich, Matyuidi, Duglas Kosta (Dibala, 54), Iguain, Mandjukich (Bentankur, 83).
Kevo: Sorrentino, Kachchatore, Daynelli, Gamberini, Gobbi, Kastro, Radovanovich, Xetemay (Rigoni, 68), Birsa, Ingleze (Leris, 76), Puchcharelli (Pellisse, 66).
Ogohlantirishlar: Xetemay (22), Mandjukich (52), Matyuidi (79).

Ko‘proq yangiliklar: