Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga yetib bordi

O‘zbekiston 22:29 / 09.09.2017 30042

9 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi. Prezident matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi. 

Davlat rahbarini Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib olishdi. 

Shavkat Mirziyoyev 10 sentabr kuni Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida hamda "EXPO-2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etadi. 

Shuningdek, Prezidentimizning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: