Saudiya Arabistoni Qatar bilan muloqotdan bosh tortdi

Jahon 09:28 / 09.09.2017 6512

Saudiya Arabistoni Qatar bilan muloqotdan bosh tortdi. Bu holat Qatar hukumati o‘zining rasmiy pozitsiyasini ma'lum qilmagunga qadar davom etadi, deya podshohlik TIV bayonotini keltiradi Al Arabiya.

TIV vakilining qo‘shimcha qilishicha, Qatarning harakatlari mamlakat muloqotga jiddiy yondashishidan darak berayotgani yo‘q.

Avvalroq Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Qatarni Fors ko‘rfazidagi mojaroga yechim topishga qaratilgan muzokaralar uchun boshlang‘ich talablar qo‘ymaslikka chaqirgani xabar berilgandi

Ko‘proq yangiliklar: