Hindistonda bir oylik chaqaloqning 7 ta tishi olib tashlandi

Jamiyat 09:19 / 09.09.2017 20741

Hindistonda bir oylik chaqaloqning 7 ta tishi olib tashlandi. Ushbu noodatiy operatsiya Gujorat shtatida amalga oshirildi, deb xabar bermoqda BBC.

Ma'lum qilinishicha, chaqaloqning tishlari u tug‘ilgandan bir necha kun keyin aniqlangan. Pediatr bolani ko‘rikdan o‘tkazgach, uni tish jarrohiga jo‘natgan. Jarroh bola og‘zida to‘laqonli tishlar borligini, biroq ular mustahkam bo‘lmagani uchun chiqib ketishi mumkinligi sababli ularni olib tashlashni buyurgan. Agar bunday qilinmasa, bolaning chiqib ketgan tishlari uning tomog‘iga tiqilib qolishi mumkin edi. 

OAVning ma'lum qilishicha, operatsiya ikki bosqichda o‘tgan va muvaffaqiyatli yakunlangan. Shifokorlar dastlab 4 ta, keyin esa qolgan 3 ta tishni olib tashlashgan. Hozirda bolakayning ahvoli yaxshi. Biroq shifokorlar bolaning tishlari olib tashlanishi kelgusida uning tishlari rivojlanishiga qanday ta'sir qilishi mumkinligi noma'lumligini aytishgan.

Ko‘proq yangiliklar: