Boltiqbo‘yi davlatlari elchilari ularni «sobiq sovet respublikalari» deb atamaslikka chaqirdi

Jahon 12:16 / 09.09.2017 8023

Parijda Estoniya, Latviya va Litva elchilari Alar Streymann, Imant Liyegis va Dalyus Chekuolis Fransiyaning «Le Monde» gazetasiga murojaat qilib, nashr materiallarida o‘z davlatlarini «sobiq sovet respublikalari» deb yozmaslikni iltimos qilishdi, deb xabar beradi «Interfaks».

«Biz maqolalaringizda «sobiq sovet respublikalari» iborasi ishlatilmasa juda minnatdor bo‘lar edik, chunki shu yo‘l bilan yuqorida keltirilgan tarixiy va xalqaro darajada tan olingan faktlar to‘g‘ri aks ettirilgan bo‘lib chiqar edi», — deyiladi nashr rahbari Lyuk Bronnerga jo‘natilgan xat matnida. 

Elchilar, shuningdek, «mamlakatlar 1940 yilda sovet ittifoqi tarkibiga o‘z ixtiyori bilan qo‘shilmagan, lekin unga harbiy anneksiya natijasida qo‘shib olingan»ligini bayon qilishgan.

Diplomatlarning qayd etishicha, SSSR tarqalgach bu mintaqada yangi davlatlar paydo bo‘lmagan, Boltiqbo‘yi davlatlari shunchaki davlat mustaqilligini qayta tiklashgan.

Ko‘proq yangiliklar: