AQSh Bahraynga 4 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Iqtisodiyot 09:31 / 09.09.2017 6722

AQSh Davlat departamenti Bahraynga F-16 qiruvchisi, shuningdek, boshqa qurol-yarog‘larni taxminan 4 mlrd dollarga sotish bo‘yicha tashabbusni ma'qulladi. Bu haqda mamlakat mudofaa hamkorligi va xavfsizlik bo‘yicha agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Davlat departamenti Bahrayn hukumatiga F-16 qiruvchisining ehtimoliy sotilishini ma'qulladi. Taxminiy qiymat - 2,785 mlrd dollar», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Bahraynga TOW tanklarga qarshi raketa majmualari va patrul katerlari ham sotilishi mumkin.

Avvalroq Tramp Janubiy Koreyaga «ko‘p milliardlik» qurol aslahalar yetkazib berishni ma'qullagandi.

Ko‘proq yangiliklar: