Boris Jonson Estoniyada tankda “sayr” qildi

Jahon 18:02 / 08.09.2017 7536

Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Estoniyaga safari davomida tankda "sayr" qildi, deb yozmoqda Telegraph.

Vazir Tapadagi Britaniya qurolli kuchlari birlashmalarining qismlaridan birida tankda o‘tirgani tasvirlangan surat e'lon qilindi.

Nashrning ta'kidlashicha, Jonson tankda “sayr” qilib ko‘rgan britaniyalik birinchi siyosatchi emas. 1986 yilning sentabrida Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher Germaniyaga safari davomida Britaniya tankiga chiqqani suratga tushirilgandi.

Joriy yilning iyulida Boris Jonson Buyuk Britaniya breksitdan so‘ng Osiyoga ko‘proq e'tibor qaratishi haqida aytib o‘tgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: