«Barselona»da yangi yulduz yetishib chiqmoqda

Sport 12:47 / 07.09.2017 28620

«Barselona» yarim himoyachisi Xavi Simons Instagramda 500 ming obunachiga ega bo‘ldi. Marca xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkichi bilan 14 yoshli bu futbolchi Boyan Krkich, Xesus Navas, Xoakin, Lukas Peres va Iker Muniain kabi taniqli ispaniyalik futbolchilarni ortda qoldirgan.

Niderlandiyalik futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti 2015 yili ochilgandi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan instagramda uni maxsus ekspertlar piar qila boshlashdi. Iyul oyida Simonsning obunachilari soni 300 ming kishi edi, avgustda bu raqam 400 mingga yetdi.

E'tiborli jihati, Simonsning agenti Mino Rayola hisoblanadi.

U «Barselona» safida to‘rtinchi marta o‘smirlar uchun «Oltin to‘p»ga ega chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: