Qatar qamalni chetlab o‘tish uchun yangi port ochmoqda

Jahon 22:10 / 05.09.2017 8643

Qatar ko‘rfaz qirg‘oqlarida qiymati 7,4 milliardga teng keluvchi yangi portini ochdi. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat iqtisodiyotini qo‘shni arab davlatlari tomonidan qo‘llanayotgan sanksiyalardan himoyalashga yordam beradi. Daily Sabah shu haqida xabar berdi. 

Dohadan 40 kilometr narida joylashgan Hamad porti Yaqin Sharqdagi eng yirik shunday obektlardan biri hisoblanadi.

Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA iyun oyida Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan ekan, port 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining qurilish loyihalari uchun katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallarini keltirish imkonini beradi. 

Uzoq Sharq va Janubiy Osiyodan keluvchi mahsulotlar to‘xtab qolsa, Qatar qamali loyihalarning kechikishi bilan bog‘liq xavotir uyg‘otadi.

Biroq rasmiylar Hamad porti Qatarga Dubay markazidan emas, Xitoy va Ummon kabi mamlakatlardan tovarlar importini amalga oshirish yo‘li orqali sanksiyalarni chetlab o‘tish imkonini berishini aytishdi. 

"Port iqtisodiyotimizga yuk bo‘layotgan har qanday cheklovlarni bartaraf etadi. Biz umidimizni so‘ndirmaymiz", - dedi Qatar transport vaziri Jassim bin Saif As-Sulaitiy. 

Manbaga ko‘ra, port 26 kvadrat kilometrni qamrab oladi va yiliga 7,5 million konteynerli sig‘imga ega bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: