Hindistonlik ayollar 2,5 metrli pitonni tutib olishdi

Jamiyat 21:06 / 05.09.2017 17926

Rajaston shtatidagi Udaypur shahri chekkasida joylashgan qishloqda yashovchi ayollar 2,5 metrli pitonni tutib olib, ikki soat davomida uni qo‘riqlashdi. Hindustan Times shu haqida xabar berdi. 

Ayollardan biri oilaviy dalada ishlayotib, sudralib yuruvchini payqab qoladi. Uning qichqirgan ovoziga boshqa qishloqdoshlari yetib kelishdi. Yig‘ilganlar ilonning boshqa dalaga o‘tib ketmasligi uchun uni har tarafdan o‘rab olishga qaror qilishdi. Bundan tashqari, ular ilonga hech kim tosh otmasligi va zarar yetkazmasligini nazorat qilishdi. 

Kamida yetti ayol ikki soat davomida ilonning atrofida turdi, so‘ngra ayollardan birining qarindoshi kelib, Udaypurdan yovvoyi hayvonlar bilan ishlovchi mutaxassisni chaqirib keldi. Yetib kelgan mutaxassis bu yo‘lbars-piton ekanini aytdi. Ilonning zaharli emasligini bilgach, ayollar uni ushlab, suratga tushishdi. 

Yo‘lbars-pitonlar Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Ular uzunasiga 4 metrgacha o‘sib, kichik tuyoqlilar, kemiruvchilar, maymunlar va qushlar bilan oziqlanadi. Yiriklari odamlarga hujum qilishi ham mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: