Grizmann qishdayoq «MYu»ga o‘tadi

Sport 00:44 / 05.09.2017 8416

«Manchester Yunayted» rahbariyati Antuan Grizmanning transferi bo‘yicha muzokaralarni kelgusi yilning yoziga qadar kutib o‘tirishni istamayapti. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyati Joze Mourino bilan kelishgan holda Fransiya terma jamoasi hujumchisini 2018 yilning boshidayoq qo‘lga kiritishni istamoqda. Klubning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi esa «Real» vingeri Garet Beyl bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» hujumchisi APL jamoasiga ko‘chib o‘tish rozilik bergan, biroq madridliklarning bir yil davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatga ololmasligi tufayli qiyin vaziyatda jamoani tashlab ketmaslikka rozi bo‘lgandi. FIFAning «Atletiko» nisbatan qo‘llagan sanksiyasi yanvarda o‘z kuchini yo‘qotadi va shunda madridliklar yangi futbolchi sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: