Tokiodagi yozgi Paralimpiada-2020 da 537 ta medallar to‘plami o‘ynaladi

Sport 21:08 / 04.09.2017 4549

2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlari vaqtida 537 ta medallar to‘plami uchun kurash olib boriladi. Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi ijroqo‘mining Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan majlisida shunga qaror qilindi. Bu haqda TASS agentligiga XPQning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Kreyg Spens ma'lum qildi.

Tokiodagi Paralimpiada 2020 yil 26 avgustdan 6 sentabrgacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi. "Tokio Paralimpiadasida 537 ta medallar to‘plami o‘ynaladi. Bu O‘yinlardagi ikkinchi eng ko‘p miqdordir. Bu boradagi rekord Sidneyda bo‘lib o‘tgan Paralimpiadaga tegishlidir. O‘shanda 561 ta medallar shodasi o‘ynalgan", - degan Spens.

2015 yili XPQ Paralimpiada dasturiga badminton va txekvondoni kiritdi. Tokio Paralimpiya o‘yinlarida ayni shu sport turlari bo‘yicha ham medallar o‘ynaladi. Umuman, Yaponiya poytaxtida sportchilar 22 sport turi bo‘yicha kuch sinashadi. Bular: badminton, aravachalarda basketbol, bochche, velosport, voleybol, golbol, eshkak eshish, dzyudo, kanoe, ot sporti, yengil atletika, stol tennisi, suzish, aravacha regbi, kamondan otish, pauerlifting, o‘q otish, aravachada tennis, triatlon, txekvondo, aravachada qilichbozlik, 5x5 shaklida futbol.

Ko‘proq yangiliklar: