Portugaliya va Shveytsariya o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi. V guruhida turnir jadvali

Sport 10:50 / 04.09.2017 6114

B guruhida 8-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Portugaliya Vengriya maydoniga safar qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. Maydon egalari 30-daqiqada bir kishi kam bo‘lib qolishdi — Tamash Priskin qizil kartochka oldi. O‘yindagi yagona golni ikkinchi bo‘lim boshida Andre Silva urdi, unga Krishtianu Ronaldu assistentlik qildi. Vengrlar bu mag‘lubiyatdan keyin mundial yo‘llanmasidan umid uzishdi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Shveytsariya Latviyani yirik hisobda yengdi. 9-daqiqada Andris Vanin o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 31-daqiqada mehmonlar jamoasi ikkinchi golni urishi mumkin edi, ammo Blerim Jyemaili penaltini aniq ijro eta olmadi. Ammo 54-daqiqada Jyemaili o‘z maqsadiga erishdi - 2:0. Bir necha daqiqa o‘tib latviyaliklar darvozasiga yana penalti qo‘yildi, bu safar Rikardo Rodriges imkoniyatni yo‘qqa chiqarmadi.

Uchinchi uchrashuvda esa Farer orollari terma jamoasi Andorradan ustun keldi - 1:0.

Endilikda guruhda shunday vaziyat yuzaga kelgan: 1. Shveytsariya — 24 ochko; 2. Portugaliya — 21; 3. Vengriya — 10; 4. Farer  orollari — 8; 5. Andorra — 4; 6. Latviya — 3.

JCh-2018 saralashi
Yevropa, 8-tur
Vengriya – Portugaliya 0:1
(0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 48 Andre Silva.
Vengriya – Gulachi, Guzmich, Korxut, Fiola, Kadar, Elek (Pinter, 67), Patkai, Jujak, Lovrenchich (Varga, 78), Prishkin, Eppel (Bede, 61).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Alvesh, Koentrau (Elizeu, 28), Soaresh, Pepe, Moutinyu, Danilu Pereyra, Joau Mariu, Jyelson Martinsh (Bernardu Silva, 63), Andre Silva (Kuarejma, 86), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Patkai (20), Elek (45), Jujak (82), Ronaldu (89), Fiola (89).
Chetlatish: Prishkin (30).

Latviya – Shveytsariya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 9, avtogol Vanin, 0:2 – 54 Jyemaili, 0:3 – 58, penalti Rodriges.
Latviya – Vanin, Gorksh, Dubra, Maksimenko, Kolesov, Vardanyan (Kazachok, 78), Solovev, Layzans, Indrans (Klyushkin, 62), Shabala, Rakel (Ikauniyeks, 68).
Shveytsariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner (Lang, 80), Juru, Behrami, Jyemaili, Djaka (Zakariya, 77), Shakiri, Mexmedi, Seferovich (Derdiyok, 76).
Ogohlantirishlar: Indrans (37), Maksimenko (44), Dubra (56), Solovev (57), Vardanyan (69).

Farer orollari – Andorra 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 31 Sorensen.
Farer orollari – Nilsen, Benyaminsen, Gregersen, Davidsen, Yunsen (Yakobsen, 54), Vatnxamar, Baldvinsson, Edmundsson (Olsen, 86), Faere, Nayes, Sorensen (uy Bartalsstovu, 90).
Andorra – Gomes Moreyra, Maks Lovera, Lima, Rubio (Sanches, 69), San-Nikolas, Rebes, Rubio, Garsiya (Gomes, 77), Veyra, Martines (Riyera, 88), Puxol.
Ogohlantirishlar: Rubio (12), Puxol (28), Yunsen (42), Garsiya (55), San-Nikolas (70), Riyera (90).

Ko‘proq yangiliklar: