Ilgizar Sobirov Xorazm viloyatining yangi rahbari etib tayinlandi. Uning Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida prezident matbuot xizmati saytida xabar qilingan.
U bu lavozimida bugun prezident farmoni bilan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Po‘lat Razzaqovich Bobojonov o‘rnini egalladi.
1959 yilda tug‘ilgan Ilgizar Sobirov 2003—2005 yillarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumaniga hokimlik qilgan. 2005 yili Oliy Majlis Senatiga saylangan. 2006—2015 yillarda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.