Xitoylik ayol ko‘chada farzandini dunyoga keltirib yo‘lida davom etdi

Jamiyat 21:04 / 04.09.2017 23878

Xitoyda homilador ayol do‘konlarni aylanib yurib, ko‘chaning o‘rtasida farzandini dunyoga keltirdi. Guvohlar voqeani videoga olishgan, ushbu video virus kabi tarqalib, mashhur bo‘lib ketdi. Shanghaiist shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi. 

Manbaga ko‘ra, xitoylik ayol ko‘chada ketayotib qornini ushlab qolgan - u do‘kondan qaytayotganida tug‘uruq jarayoni boshlanib ketgan. Yaqin atrofdagi ayollar stul olib kelib, asfaltga karton qo‘yib, ayolga yordam ko‘rsatishgan. 

Ta'kidlash joizki, ayol shifokorlar yetib kelgunga qadar bolani dunyoga keltirib bo‘lgan. Tez tibbiy yordam xodimasi yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘rashga yordam beradi. Rolik yakunida ayol bir qo‘lida chaqaloq, bir qo‘lida xaridlar xaltasi bilan yo‘lida davom etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: