"MYu" hamda "Barsa" afsonalari o‘rtasidagi xayriya o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

Sport 00:45 / 03.09.2017 20740

"Manchester Yunayted" hamda "Barselona" afsonalari "Old Trafford" stadionida kechgan xayriya o‘yinida 2:2 hisobida durang qayd etishdi. 

Manchesterliklar safida Rud van Nistelroy va Denni Uebber gol urgan bo‘lsa, "Barselona" tarkibida Luis Garsiya hamda Gaiska Mendeta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

O‘yin Manchester (22 may) hamda Barselonadagi (17 avgust) teraktlarda vafot etganlar xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi. Futbolchilar qora bog‘ich bilan maydonga tushishdi. Ular ism o‘rniga "Manchester" hamda "Barselona" yozuvlari tushirilgan futbolkalarda o‘ynashdi. 

Barcha tushgan pullar xayriya ishlariga sarflanadi. 

Foto: Twitter/ManUtd
Foto: Twitter/FCBarcelona
Foto: Twitter/ManUtd
Foto: Twitter/FCBarcelona
Foto: Twitter/ManUtd
Foto: Twitter/FCBarcelona
Foto: Twitter/ManUtd
Foto: Twitter/ManUtd
Foto: Twitter/ManUtd
Ko‘proq yangiliklar: