Poroshenko suiqasd haqidagi xabarlardan so‘ng kishilar oldida ko‘rinish bergani ma'lum qilindi

Jahon 17:46 / 02.09.2017 7128

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko unga suiqasd tayyorlanayotgani haqidagi ma'lumotdan so‘ng supermarketga keldi, deb xabar bergan Ukrainaning “Mirotvorets” sayti ko‘ngillisi. U prezident supermarketga kelganining guvohiga aylangan hamda tegishli videoni e'lon qilgan.

Kadrlardan prezident Poroshenkoga o‘xshash bo‘lgan shaxs supermarket oldida turgani va fuqarolar bilan suratga tushishi, so‘ng tansoqchilari hamrohligida Mersedes’ga o‘tirganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, prezident omma oldida rasmiy kiyimda emas, balki futbolka va shimda ko‘rinish bergan.

Odatda Poroshenkoni faqatgina rasmiy tadbirlarda rasmiy kiyimda ko‘rish mumkin, bunday holat esa juda kam uchraydi. Masalan, o‘tgan yilning yozida uni Ispaniyadagi dorixonada ko‘rishgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.

Supermarket oldidagi video qachon suratga tushirilgani noma'lum. Yozuv 2 sentabr kuni kechqurun e'lon qilindi.

Avvalroq "Ukrinform" agentligi Ukraina xavfsizlik Xizmatining Xarkov viloyati boshqarmasidagi manbaga asosan Poroshenko ushbu viloyatga safari davomida suiqasdga uchrashi mumkin ekani haqida anonim shaxsdan axborot kelib tushganini xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: