Poroshenko xorijliklar uchun biometrik nazorat to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Jahon 18:43 / 01.09.2017 2967

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashining chegarada xorijliklar uchun biometrik nazorat to‘g‘risidagi qarorini ma'qulladi.

Tegishli farmon davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilingan. Qaror 2018 yilning boshida kuchga kiradi, uni bajarish ustidan nazorat milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashiga yuklandi.

Ukrainaga faqatgina barmoq izlarini qoldirgan holda kirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, safar haqida avvaldan ogohlantirish lozim. Poroshenko “migratsion tahdidga ega” davlat ro‘yxatiga Rossiyani ham kiritish haqida topshiriq bergan.

Xorijliklarni nazorat qilish jarayoni uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchisida kishi Ukrainaga borishi haqida avvaldan ogohlantirishi lozim. Ikkinchi bosqich – chegarada biometrik pasport yoki biometrik ma'lumotlarni taqdim etish. Hamda uchinchisi – shaxsni u borgan joyida qayd qilish.

Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashi kotibi Aleksandr Turchinov bunday nazoratning kiritilishi birinchi navbatda rossiyaliklarni qamrab olishi haqida ma'lum qilgandi. Radada Rossiya bilan viza rejimini joriy etishga chaqirishdi, biroq Kiyevdagilar bu ukrainalik fuqarolarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, degan fikrda. 

Kengashning xorijliklar uchun biometrik nazorat to‘g‘risidagi qarori yaqin soatlarda e'lon qilinadi, u bir necha bosqichlarni o‘ziga jamlagan, deya ma'lum qildi mamlakat rahbari Pyotr Poroshenko.

"Yaqin soatlarda milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashining qarori e'lon qilinadi, unga ko‘ra, 2018 yilning 1 yanvaridan Ukraina uchun xatarga ega bo‘lgan davlatlardan chegarani kechib o‘tish biometrik pasportlar bo‘yicha amalga oshiriladi", - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi uning matbuot xizmati.

"Fikrimcha, bunday amaliyot keng tarqalgan. Mamlakat RF tomonidan harbiy tajovuzkorlik obekti bo‘lgani sharoitida, bu amaliyot o‘zini to‘la oqlaydi", - dedi Poroshenko.

Ko‘proq yangiliklar: