Suriya muxolifati: AQSh vositachilar orqali IShIDga qurol sotmoqda

Jahon 13:40 / 31.08.2017 10305

Amerikaning At-Tanf bazasida AQSh yo‘riqchilari rahbarligida tayyorgarlik olib borayotgan jangarilar IShID terrorchilik guruhiga amerikaliklarning qurol-yarog‘larini sotishmoqda. Bu haqda bazaning Suriya sektori xavfsizlik xizmati sobiq boshlig‘i Muhammad Assalam ma'lum qildi. 

"Yashirin qo‘llab-quvvatlov IShIDga qurol sotish bilan bilan bog‘liq bo‘lgan. Biz bu haqda bilganimizdan so‘ng, amerikaliklarga aytdik. Biroq ular o‘zlari tomonidan bizning ustimizga qo‘yilgan qo‘mondonni yanada ko‘proq qo‘llashni boshladi. Ular Amerikada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘, suyultirilgan tabiiy gaz, mashinalar, M-16 soyli miltiqlarni sotishgan", - degan Assalam RIA Novosti’ga.

Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, At-Tanfa bazasida IShIDga qarshi jang qilishga tayyor suriyaliklar bor, biroq ularning bir qismi Suriya armiyasiga ham qarshi kurashish niyatida. 

"Amerikalik harbiylar suriyaliklardan SAR armiyasiga qarshi jang qilishni so‘rashgan, biroq o‘zini hurmat qiladigan kishilar bunga rad javobini berib, bizning guruh armiyaga qarshi emas, balki IShID bilan kurashish uchun tuzilganini ma'lum qilishdi. Shuning uchun guruhning bir qismi – Dayr az-Zordan bo‘lganlar – Shaddadi bazasiga IShID bilan kurashish, keyin esa, ehtimol, hukumat kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun jo‘natildi", - deya ta'kidlab o‘tdi Assalam.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik harbiylar tinch aholi vakillariga, qochqinlar lageri At-Tanf bazasidan 20 kilometr masofada joylashganiga qaramay, hech qanday e'tibor qaratishmagan. 

"Gumanitar, tibbiy yordam va fuqarolarni himoya qilish umuman yo‘q", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Ko‘proq yangiliklar: