O‘zaro muloqot qila oladigan ovozli yordamchilar paydo bo‘ladi

Fan-texnika 22:18 / 30.08.2017 3197

O‘zaro aloqa almashish imkoniyatiga ega Alexa hamda Cortana ovozli yordamchilari Microsoft va Amazon muhandis-dasturchilari tomonidan takomillashtirilishi ma'lum bo‘ldi.

Raqamli texnologiyalar olamida Apple'ning Siri, Google'ning Assistant, Microsoft'ning Cortana hamda Amazon'ning Alexa ovozli yordamchilari o‘zaro raqobatga kirishgan. Microsoft vakili Satya Nadellaning aytishicha, endilikda Alexa va Cortana o‘zaro muloqot qila oladi, yordamchilar bir-biriga buyruq berib, murakkab vazifalarni bajaradi.

Chorshanba kuni e'lon qilingan yangilikka asoslanib New York Times'ning ma'lumot berishicha, ikki kompaniya texniklari joriy yilning oxirigacha birmuncha natijalarni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Aslida ikki ulkan texnologik kompaniyalarning muhim loyiha ustida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kutilmagan hodisa hisoblansada, Jyeff Bezos va Satya Nadellaning fikricha, bunday «qaysarlik» ularni shiddatli rivojlanish oqimida «cho‘kib» ketishga mahkum etadi.

Mustaqil mutaxassislarning fikricha, bunday tadrijiy o‘zgarishlar «sun'iy ong»ni yaratish yo‘lidagi navbatdagi urinishlardan biri bo‘lib, kompaniyalar mukammal turkum ong sifatlarini yaratmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: