Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga saylov dekabr oyida o‘tkaziladi

O‘zbekiston 18:30 / 30.08.2017 8933

“Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi 29.08.2017 yildagi O‘RQ-439-sonli qonun O‘zbekiston Prezidentining rasmiy saytida e'lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov 2017 yil dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. 

Saylangan deputatlar o‘z vakolatlarini 2019 yilda o‘tkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov natijalari bo‘yicha poytaxt xalq deputatlari tuman Kengashlarining yangi tarkiblari shakllantirilguniga qadar amalga oshiradi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga  joriy yilda saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun tuman saylov komissiyalari tuzilishini, saylov okruglarining soni belgilanishini ta'minlash topshirildi.

Bundan tashqari, Konstitutsiya, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi, «Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritildi.

Ko‘proq yangiliklar: