TIV: Samaradagi YTH qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

O‘zbekiston 19:07 / 30.08.2017 12549

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ma'lumotiga qaraganda, Rossiyaning Samara viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqidagi ba'zi OAV tomonidan tarqatilgan xabarlar tasdiqlanmadi. Mazkur hodisa natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va 4 kishi jarohatlangan. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Lada Largus» avtomobilining «KamAZ» bilan to‘qnashuvi Voljskiy tomanining Chernovskoye suv ombori yaqinida 2017 yil 27 avgust kuni soat 03:00 atrofida bo‘lib o‘tgan.

Hozirgi vaqtda elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining jarohatlanganlar orasida bo‘lganligi haqidagi ma'lumot qo‘shimcha tekshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: