Kobuldagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 8 inson jarohatlandi

Jahon 12:20 / 29.08.2017 4122

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida yuz bergan portlash oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz inson jarohatlandi.

Bu haqda Tolo News telekanali Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Avvalroq Kobuldagi AQSh elchixonasi yonida portlash yuz bergani xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, portlashni xudkush terrorchilar amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: